11:53 / 20.12.2022
2154

Beeline Uzbekistan VISA xalqaro to‘lov tizimidan mukofot bilan taqdirlandi

Foto: Beeline Uzbekistan

Beeline Uzbekistan o‘z ilovasidagi virtual kartalar uchun VISA xalqaro to‘lov tizimi mukofotini qo‘lga kiritdi. Beeline VISA virtual kartasidan istalgan onlayn-do‘konlarda va onlayn xizmatlarda xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Xalqaro VISA tizimi Beeline Uzbekistan kompaniyasini Beeline VISA loyihasida virtual kartalarni chiqarish imkoniyati va to‘lovlar hajmini oshirishni muvaffaqiyatli amalga oshirganligi munosabati bilan munosib taqdirladi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida Beeline virtual kartasidan foydalangan holda amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 2,5 barobarga oshgan. Amalga oshirilayotgan onlayn to‘lovlar hajmi ham rekord darajada 500 foizga oshdi. Bu virtual kartalarni chiqarish imkoniyati va to‘lovlar hajmini oshirish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirgani uchun Deep partnership mukofotini olish imkonini berdi.

Beeline abonentlari uchun bank kartalarini ochishning turli usullarini taqdim etish kompaniya uchun strategik vazifa hisoblanadi, chunki kartalardan, jumladan, xalqaro tizimlardan foydalanmaydigan aholi ulushi hamon katta. Bunday muammolarni hal qilish uchun Beeline digital-operatori VISA virtual kartasini taqdim etish xizmatini ishlab chiqmoqda. Uni istalgan joydan to‘g‘ridan to‘g‘ri Beeline Uzbekistan («Moy Beeline») ilovasida ochish mumkin va u orqali onlayn xizmatlar va do‘konlarda xaridlarni amalga oshirish oson.

“Xizmat foydalanuvchilar orasida mashhur bo‘lib bormoqda, ularning soni 10 foizga oshdi, o‘rtacha to‘lov esa yil davomida bir necha barobar oshdi. To‘lovlar xavfsizligi avtorizatsiyadan oldin shaxsni tasdiqlashning qo‘shimcha darajasini ta’minlovchi xavfsiz 3-D Secure protokoli bilan kafolatlanadi. Bu Beeline'ning raqamlashtirish tizimidagi yana bir muhim qadamdir. Kelgusi yilda biz VISA bilan hamkorlikni faol rivojlantirishni va fintech sohasida bozorga maqbul yechimlarni taklif qilishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Beeline Uzbekistan mobil moliyaviy xizmatlar bo‘limi rahbari Kayyrjan Kojaly.

 

3-D Secure (3DS) himoya xizmatidan foydalanilganda, to‘lovni amalga oshirishda savdogar, karta emitenti va iste’molchi o‘rtasida xavfsiz ma’lumotlar almashinuvi ta’minlanadi. Karta egasining shaxsi «Moy Beeline» xizmatida pasport yoki ID-karta yordamida tasdiqlanadi. Bevosita ilovada O‘zbekiston moliyaviy xizmatlari orqali kartani to‘ldirish, shuningdek, VISA Direct xizmatidan foydalanish, ya’ni Beeline VISA kartasidan boshqa istalgan VISA kartasiga pul o‘tkazish mumkin. Foydalanuvchi ilovadagi barcha tranzaksiyalarni real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.

 

Beeline Visa kartasi haqida batafsil ma’lumot bilan  digital-operatorning rasmiy saytida yoki iOs va Android uchun Beeline Uzbekistan ilovasida tanishib chiqish mumkin.

 

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: fb.com/beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama

Top