12:32 / 20.12.2022
3706
O‘zbekistonda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortildi 

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tyapti.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident eng dolzarb muammo bo‘lgan korrupsiya masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

"O‘tgan ikki yilda 5 mingga yaqin mansabdor korrupsiyaviy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortildi. Lekin, ochiq aytish kerak, bu – masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish", - dedi u.

Davlat rahbari deputat va senatorlar, mahalliy Kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha faol bo‘lishga chaqirdi, buning uchun ularda yetarli vakolat ham, shijoat ham borligini ta’kidladi.

Sun’iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon beruvchi barcha bo‘shliqlarga barham berilishi ta’kidlandi.

Top