08:46 / 20.12.2022
7264

Zalujniy Zelenskiyni dezertirlik haqidagi qonunni kuchaytirishga chaqirdi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy prezident Volodimir Zelenskiyni dezertirlik haqidagi qonunni kuchaytirishga va Oliy rada tomonidan ma’qullangan tegishli qonun loyihasini imzolashga chaqirdi. 

Foto: president.gov.ua

«Men ancha murakkab mavzuni ko‘tarishga majburman - harbiy qism yoki xizmat joyini ruxsatsiz tark etish, dezertirlik, jang maydonini ruxsatsiz tark etish yoki qurol ishlatishdan bosh tortish, bo‘ysunmaslik va harbiy buyruqlarni bajarmaslik uchun javobgarlikni oshirish. Men Ukraina Oliy radasi tomonidan qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish haqida qabul qilingan qarorni qo‘llab-quvvatlayman va prezidentdan qonunni imzolashni so‘rayman. Mening fikrim ushbu kompleks masalalarni tizimli hal qilishni talab qilgan guruhlar va harbiy qismlar qo‘mondonlarining pozitsiyasini aniq aks ettiradi», - deya yozgan Zalujniy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bosh tortuvchilar jangovar to‘lovlarning o‘n foizigacha jarima to‘lashlari mumkin, boshqa harbiy xizmatchilar esa frontning ochiq uchastkalarini yopishga majbur bo‘ladilar, bu esa shaxsiy tarkib, hududlar va tinch aholi orasida yo‘qotishlarning ko‘payishiga olib keladi. 

«Yo‘qotilgan pozitsiyalarni ko‘pincha juda yuqori bahoga hujum qilish orqali tiklash kerak. Bunday bo‘lmasligi kerak. Bu muammoga yumshoqroq tarzda yordam berish mumkinmi? Tushuntirish, ishontirish kerakmi. Ha, agar gap tinchlik davri haqida ketayotgan bo‘lganida. Urush sharoitlarida tezkor samarali yechimlar zarur», - dedi Zalujniy.

Bundan oldin Zalujniy frontdagi eng qaynoq nuqtalarni ma’lum qilgandi.

Dushman, Zalujniyning so‘zlariga ko‘ra, Belogorovka-Soledar-Baxmut-Mayorsk va Avdeyevka-Oprosnoye-Vodyanoye-Peski-Marinka-Pavlovka yo‘nalishlarida eng faol hujumni amalga oshirmoqda.

Shu bilan birga, u, umuman olganda, «vaziyat barqaror va nazorat qilinishi mumkin» ekanligini ta’kidladi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top