12:20 / 26.12.2022
12811
Andijonda qalin tuman tufayli ayrim hududlar “svet”siz qoldi

Viloyatning uchta tumanida elektr energiyasi ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilgan. Bunga qalin tuman tushishi sabab bo‘lgan.

Andijon viloyati “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xabariga ko‘ra, Xonobod shahrida joylashgan 110 kV havo tarmog‘ida qalin tuman tushishi natijasida izolyatorlar nosoz holatga kelgan. Buning oqibatida Jalaquduq, Xo‘jaobod va Buloqboshi tumanlarida elektr energiyasi ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilgan.

Ta’kidlanishicha, hozirda yuqori kuchlanishli tarmoqlar xizmati xodimlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Top