19:14 / 26.12.2022
48224
Birinchi Belarus noutbuki chiqarilganidan 3 kun o‘tgach sotuvdan olib tashlandi

Belarusdagi H-book MAK4 noutbuklarining yagona savdo nuqtasi yangilik chiqqanidan atigi uch kun o‘tib yopildi.

Foto: H-book MAK4

H-book MAK4 sotuvi 2022 yil 22 dekabrda e’lon qilingan va taqdimot Minskdagi Galleria Minsk savdo markazida joylashgan do‘konda bo‘lib o‘tgan edi. Ammo 25 dekabr kuni Belarusda yangi noutbuk sotiladigan yagona nuqta yopilgani ma’lum bo‘ldi. Belarus noutbuklarini sotish nega to‘xtatilgani haqida xabar berilmadi.

«Sotuv nuqtasi ko‘chib ketdi. Bizda endi bu noutbuklar bo‘lmaydi. Qolganini bilmaymiz», - dedi Galleria Minsk axborot markazi.

H-book MAK4 noutbuki 11-avlod Intel Core protsessorlariga asoslangan. Modifikatsiyaga qarab, kompyuter Intel Core i3, Intel Core i5, Intel Core i7 dan foydalanadi. Barcha holatlarda noutbuk Windows 11 operatsion tizimi bilan ta’minlangan.

H-book MAK4 noutbukini ishlab chiqarish «Gorizont» holdingiga kiruvchi «Kompyuter uskunalari zavodi» tomonidan amalga oshirilgan.

Mavzuga oid
Top