13:01 / 26.12.2022
5005

Haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxi qariyb 20 foizga ko‘tarildi

Foto: Shutterstock

Haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari bir oyda o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.

2022 yil noyabr oyida haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari oktabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 18,5 foizga ko‘tarilgan.

Haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 18,4 foizga oshgani kuzatilgan.

Top