09:51 / 27.12.2022
5440

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasi yangi tahrirda e’lon qilindi 

Foto: Kun.uz

Yangi tahrirdagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasida “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonun normalariga qo‘shimcha ravishda:

a) yangi modda bilan qonunda keltirilgan barcha asosiy tushunchalar bir moddaga jamlanib, qo‘shimcha tushunchalar bilan to‘ldirilmoqda hamda amaliyotda tushunchani qo‘llanishidagi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli xil talqinlarning oldini olish maqsadida aniqlashtirilib, tahririy tuzatishlar kiritilmoqda;

b) qonunda keltirilgan ba’zi terminlarning har xil qo‘llanishi tizimli ravishda yagona terminologiyaga keltirilmoqda (4-modda);

v) ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi (14-modda) Yer kodeksining 5-moddasiga muvofiqlashtirilib, qurilishi tugallangan, yangi qurilgan ko‘p kvartirali uyning umumiy mulk qismiga kadastr pasporti rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq normalar bilan to‘ldirilmoqda;

g) respublikada tatbiq qilingan billing tizimi va ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlari va shirkatlarning elektron reyestri va reytingi bilan bog‘liq normalar bilan to‘ldirilmoqda (9-bob);

d) mahalliy davlat hokimiyati organlarining ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi vakolatlari alohida modda bilan belgilab berilmoqda (9-modda);

ye) “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan, shirkat faoliyatiga tegishli bo‘lgan ayrim moddalar va normalar (shirkatning ustavi predmetiga taalluqli bo‘lgan qismi chiqarib tashlandi) va Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshiruvchi Uy-joy fondi inspeksiyasini vakolatlari va majburiyatlari qonun loyihasida qayta ko‘rib chiqildi;

j) ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi bob yangi moddalar bilan to‘ldirilib, barcha boshqaruv usullari uchun yagona tartib belgilanmoqda hamda umumiy yig‘ilishning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlovchi normalari keng yoritilmoqda (5-bob).

Top