Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taklif bergan.

Foto: AP
Qirg‘iziston Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘iziston hududida 30 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish huquqini berishni taklif qilmoqda. Tegishli qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun Vazirlar Mahkamasining veb-saytida e’lon qilindi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatdan o‘tmasdan Qirg‘izistonda 10 kun bo‘lishi mumkin.