07:32 / 31.12.2022
38150
Krishtianu Ronaldu - «An Nasr» futbolchisi

«An Nasr» Krishtianu Ronaldu transferini e’lon qildi.

Foto: Al Nassr FC

37 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni klubi bilan 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan bitim imzoladi. Portugaliyalik futbolchining yillik maoshi — tijorat va elchilik xizmatlari bilan 200 mln yevro. 

Eslatib o‘tamiz, «An Nasr»da O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jaloliddin Masharipov o‘ynaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu JCh-2022 starti arafasida «MYu» bilan amaldagi kelishuvini bekor qilib, erkin agentga aylangandi.

Top