12:48 / 31.12.2022
6730

Toshkentda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiya hajmi ma’lum qilindi

Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida Toshkent shahri tomonidan 9 460,3 milliard so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi.

Foto: Kun.uz

Asosiy vositalarga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar doirasida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 3 612,7 milliard so‘mni, O‘zbekiston tomonidan kafolatlangan xorijiy kreditlar 1 303,3 milliard so‘mni, boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 4 544,3 milliard so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 1 dekabr holati bo‘yicha  O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida 15 497 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Firmalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 389 taga ko‘paydi. Ularning eng ko‘pi Rossiya (3 055), Turkiya (2 171), Xitoy (2 115), Qozog‘iston (1 235) va Koreya Respublikasi (919) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Top