10:28 / 31.12.2022
13010

Ukraina mudofaa vaziri: Rossiya harbiy holatga tayyorlanmoqda

Yanvar oyi boshida Rossiya erkaklar uchun chegaralarni yopadi, dedi Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov rossiyaliklarga videomurojaatida.

Oleksiy Reznikov / Foto: president.gov.ua

Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov 30 dekabr, juma kuni e’lon qilgan videomurojaatida Rossiya 2023 yil yanvar oyi boshida harbiy holat joriy etishga va erkaklar uchun chegaralarni yopishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.

"Yangi yil arafasida men harbiy xizmatga majbur bo‘lgan Rossiya fuqarolariga murojaat qilaman. Bu, birinchi navbatda, Rossiyaning yirik shaharlari aholisiga tegishli. Aniq bilamanki, sizda bir haftaga yaqin vaqt bor, hali vaqt bor. Yanvar oyi boshida Rossiya hukumati erkaklar uchun chegaralarni yopadi, keyin harbiy holat e’lon qiladi va safarbarlikning navbatdagi to‘lqinini boshlaydi. Belarusda ham chegaralar yopiladi", dedi Reznikov.

"Kurantlar urilganida siz eshik taqillaganini eshitmasligingiz mumkin. Uni harbiy komissar taqillatadi. Ayniqsa, shaharlarda, chunki chekka hududlarda ular allaqachon ko‘pchilikni olib ketishgan. Sizning rahbarlaringiz yangi yil murojaatlarida buni aytishlari dargumon", dedi ukrainalik vazir va Rossiya rasmiylari aholini bir necha bor aldaganini ta’kidladi.

U rossiyaliklarni uning so‘ziga ishonmaslikka undamay, ularga savol bilan murojaat qildi: "Urushga borganingizda, halok bo‘lishingiz yoki umr bo‘yi nogiron bo‘lib qolishingiz mumkin, aynan nima uchun kurashasiz?"

Dekabr oyi boshida harbiy sharhlovchi Yan Matveyev DW telekanalining "Ayni nuqtaga" tok-shousida uchta sababga ko‘ra "ikkinchi safarbarlik to‘lqini amalga oshadi" deb ta’kidladi: birinchidan, rasmiylar safarbarlikni davom ettirishdan voz kechganining aniq belgilari yo‘q, ikkinchidan, frontda halok bo‘lgan va yarador bo‘lgan rus askarlarini almashtirish zarur, uchinchidan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni to‘xtatish niyatida emas, bu esa ham resurslar, ham odamlarning doimiy oqimini talab qiladi.

Biroq, siyosatshunos Yekaterina Shulman nuqtayi nazariga ko‘ra, "tizim ikkinchi safarbarlik to‘lqinidan qochadi": uni faqat "o‘limga olib keladigan zarurat" yoki rasmiylar aytganidek, "ekzistensial tahdid" sharoitida e’lon qilish mumkin.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top