20:38 / 01.01.2023
10883

Chimyonda ko‘chki xavfi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida 2-4 yanvar kunlari qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

Foto: Youtube / Manzil

«Tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, hamda dam oluvchilar va tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», — deyiladi markaz xabarida.

2 yanvardan O‘zbekiston hududiga Kavkaz mintaqalaridan nam havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda. 2−3 yanvar kunlari respublika bo‘ylab shamol tezligi 17−22 m/s.gacha kuchayishi, Navoiy va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25−30 m/s.gacha yetishi mumkin.

3−4 yanvar kunlari O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top