10:53 / 01.01.2023
21124

SSVning yangi vaziri yangi yil kechasida kasb vazifasini bajarayotgan tibbiyot xodimlari faoliyati bilan tanishdi

31 dekabr kuni yarim tunda sog‘liqni saqlash vazirligining yangi rahbari Amrillo Inoyatov bemor va shifokorlar holidan xabar olish maqsadida Toshkent shahridagi davolash muassasalarida bo‘ldi.

Foto: SSV matbuot xizmati

«Shifoxonalardagi muammolarni kabinetda o‘tirib hal qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun tizim mas’ullarini joylarga jo‘natyapmiz. Har birimiz haqiqiy vaziyatni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, o‘rganib, tahlil qilib, qisqa muddatda puxta yechim topish harakatidamiz», — deydi vazir.

Ma’lumot uchun, bayram va dam olish kunlari vazirlik tizimidagi 1049 ta oilaviy poliklinika, 1080 ta oilaviy shifokor punkti, tuman, viloyat va respublika shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritmoqda.

Foto: SSV matbuot xizmati
Mavzuga oid
Top