09:06 / 02.01.2023
14972

Volodimir Zelenskiy: Rossiyani qo‘rquv hissi qamrab oldi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakati va Rossiyadagi kayfiyat o‘rtasidagi farq tobora yaqqol sezilib bormoqda. 

Volodimir Zelenskiy / Foto: president.gov.ua

«Rossiya terrorchilari, qanchalik achinarli bo‘lsalar, bu yilga shunday tarzda kirib kelishdi, - deb ma’lum qildi u o‘zining an’anaviy kechki videomurojaatida. - Shu kunlarda biz Rossiyadan, inson sifatida, aqliy jihatdan qanchalik uzoqlashganimiz aniq bo‘ldi. Bizning birlik tuyg‘umiz, haqiqiylik, hayotning o‘zi - bularning barchasi Rossiyada hukm surayotgan qo‘rquv hissidan juda farq qiladi. Ular qo‘rqishyapti. Bu sezilyapti. Ular haqli ravishda qo‘rqishyapti. Chunki mag‘lub bo‘lishadi. Dronlar, raketalar, qolgan hamma narsa ularga yordam bermaydi. Chunki biz birgamiz. Ular - faqat qo‘rquv bilan birga».

Bundan oldin, 31 dekabr kuni Rossiya Ukraina hududiga navbatdagi raketa zarbalarini amalga oshirdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy navbatdagi raketa yomg‘iri fonida rossiyaliklarga rus tilida murojaat qilgandi.

«Bu gaplarimni rus tilida aytmoqchiman. Rossiyaliklar, siz olib borayotgan urush propagandachilaringiz aytayotgani kabi NATOga qarshi emas, bizga qarshi. Bu hech qanaqa tarixiy urush emas, bir kishi oxirgi kunigacha hukumat tepasida qolishi uchun bo‘layotgan urush. Sizning yetakchingiz uning orqasida harbiylar turganini, o‘zi esa oldinda ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lmoqda. Lekin aslida u harbiylar, raketalar, o‘z saroylarining devorlari ortiga bekinmoqda», dedi Zelenskiy.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top