10:39 / 04.01.2023
6682
1 yanvardan boshlab MDHda bosh kotib lavozimi tashkil etildi

2023 yil 1 yanvardan MDH Davlat rahbarlari kengashining MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi lavozimini «MDH Bosh kotibi» deb qayta nomlash to‘g‘risidagi qarori kuchga kirdi.

Foto: Dunyo

2022 yil 14 oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Ijroiya qo‘mitasi raisi – MDH Ijrochi kotibi  lavozimini 2023 yildan «MDH Bosh kotibi» lavozimiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan edi.

Ushbu Sammitda MDH davlat rahbarlari Sergey Lebedevning Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi rahbari sifatidagi vakolatlarini yana uch yil muddatga uzaytirish to‘g‘risida qaror qilgan.

Mavzuga oid
Top