23:21 / 05.01.2023
15696

«Ikkiyuzlamachiligingiz o‘zingizga siylov» – Zelenskiy ofisida Putinning bayonotiga munosabat bildirishdi

Ukraina prezident devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rojdestvo munosabati bilan o‘t ochish rejimini to‘xtatish bo‘yicha bayonotiga munosabat bildirdi. Podolyakning aytishicha, Rossiyaning bu «vaqtincha yarashuvi» ikkiyuzlamachilikdan boshqa narsa emas.

Foto: Getty Images

«Birinchidan, Ukraina Rossiya kabi birovning yerini bosib olgani yo‘q va Rossiya kabi oddiy fuqarolarni o‘ldirmayapti. Ukraina o‘z hududiga kelgan bosqinchi armiya vakillarini o‘ldirmoqda.

Ikkinchidan, Rossiya bosib olgan hududlarni tark etishni boshlasa, ana shu «vaqtincha kelishuv»ning boshlanishi bo‘ladi. Ikkiyuzlamachiligingiz o‘zingizga siylov», deb yozdi Podolyak o‘zining Twitter sahifasida.

Avvalroq Rossiya prezidenti Putin pravoslav nasroniylari nishonlaydigan Rojdestvo bayrami munosabati bilan 6 yanvar kun yarmidan 7 yanvar yarim tunga qadar Ukrainada o‘t ochish rejimi to‘xtatilishini e’lon qilgandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top