11:01 / 06.01.2023
19126
O‘zbekistonning 100 yillik demografik ko‘rsatkichlari ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasining 100 yillik demografik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi sonining o‘sishi 100 yillik ko‘rsatkichda e’lon qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1920 yilda O‘zbekiston doimiy aholisi 4,4 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, 1930 yilda bu ko‘rsatkich 4,9 mln kishiga teng bo‘lgan.

Bundan tashqari, 1940 yilda – 6,6 mln kishi, 1950 yil – 6,2 mln kishini tashkil qilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston doimiy aholisi soni 1960 yilda 8,4 mln kishiga, 1970 yilda 11,8 mln kishiga teng bo‘lgan.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan yillar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • 1980 yil – 15,8 mln kishi;
  • 1990 yil – 20,2 mln kishi;
  • 2000 yil – 24,5 mln kishi;
  • 2010 yil – 28 mln kishi;
  • 2020 yil – 33,9 mln kishi.
Top