13:32 / 07.01.2023
9508

O‘zbekistonda bir oyda pomidor va bodring narxi deyarli 25 foizga oshdi 

Dekabr oyida uzum o‘rtacha 7,7 foizga oshgan, limon narxlari 13,6 foizga arzonlashgan.

Foto: Kun.uz

2022 yilning dekabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining noyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha o‘zgarish holati e’lon qilindi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida bodring narxi o‘rtacha 23,9 foizga oshgan.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • pomidor – 23,8 foizga oshgan;
  • piyoz – 9,9 foizga oshgan;
  • tarvuz – 9,2 foizga oshgan;
  • uzum – 7,7 foizga oshgan;
  • qovun – 4,6 foizga oshgan;
  • sabzi – 3,7 foizga oshgan;
  • nok – 3,3 foizga oshgan;
  • anor – 3,3 foizga oshgan;
  • olma – 2,3 foizga oshgan;
  • kartoshka – 2,4 foizga oshgan;
  • shaftoli – 2,3 foizga oshgan;
  • turp – 0,1 foizga oshgan.

O‘z navbatida, quyidagi mahsulotlar narxida pasayish kuzatildi:

  • mandarin – 14 foizga arzonlashgan;
  • limon – 13,6 foizga arzonlashgan;
  • apelsin – 7,3 foizga arzonlashgan;
  • banan – 4,7 foizga arzonlashgan;
  • sholg‘om – 0,1 foizga arzonlashgan.
Top