13:08 / 10.01.2023
8345

Dunyo aholisi qaysi yillarda 1 milliardga o‘sib borgani ma’lum qilindi

Foto: Reuters

Dunyo aholisining har milliardga o‘sishi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 36,0 mln kishini tashkil etib, aholi soni bo‘yicha dunyoda 41-o‘rinni egallagan.

Davlat statistika qo‘mitasi dunyo aholisi sonining har milliardga o‘sishi ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Qo‘mita axborotiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • 1804 yil – 1 mlrd kishi;
  • 1927 yil – 2 mlrd kishi;
  • 1960 yil – 3 mlrd kishi;
  • 1974 yil – 4 mlrd kishi;
  • 1987 yil – 5 mlrd kishi;
  • 1999 yil – 6 mlrd kishi;
  • 2011 yil – 7 mlrd kishi;
  • 2022 yil – 8 mlrd kishi.
Top