15:19 / 11.01.2023
1729
Respublika qishki sport maktabi qachondan o‘z ishini boshlashi aniqlashtirildi

“Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: Xalq so‘zi

Qishki sport maktabining asosiy vazifalari belgilandi. Qishki sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish, xorijiy mamlakatlarning qishki sport turlari bo‘yicha maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish shular jumlasidandir. 

Respublika qishki sport maktabi 2024/2025 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi hamda maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Maktabni tashkil etish va sport inshootlarini qurishda qishki sport turlari (figurali uchish, konkida uchish, short-trek, hokkey) bilan o‘quvchilarning doimiy mashg‘ulot o‘tkazishlari uchun zamonaviy yopiq muz saroyi va ochiq sport maydoni hamda maxsus trenajyor zaliga ega bo‘lishi lozim. 

Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi prezidentning 2022 yil 1 iyuldagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

Top