16:17 / 13.01.2023
7127

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi  

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o‘tkazildi.

Foto: Getty Images

Agentlik kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi

2023 yil 11 yanvar holatiga 

  • suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 49 500 – 80 000 so‘m;
  • qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 54 000 – 91 000 so‘m;
  • kartoshka (1 kg) ➖ 3300 – 6000 so‘m;
  • piyoz (1 kg) ➖ 3500 – 7000 so‘m;
  • sabzi (1 kg) ➖ 2000 – 5 500 so‘m;
  • tuxum (10 dona) ➖ 11 000 – 18 000 so‘m;
  • guruch (1 kg) ➖ 6500 – 28 000 so‘m;
  • o‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 16 000 – 30 000 so‘m;
  • shakar (1 kg) ➖ 11 000 – 14 000 so‘m.

Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Top