12:09 / 13.01.2023
7735

O‘zbekistonda guruch narxi yillik nisbatda 24 foizga oshdi

Guruch narxlari bir oyda o‘rtacha 1 foizga oshgan.

Foto: Getty Images

2022 yilning dekabr oyida barcha navdagi guruch narxlari noyabr oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 1 foizga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, guruch narxlari o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan, ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 24 foizga oshgani kuzatilgan.

Bundan oldin bozorlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilingandi.

Unga ko‘ra, guruchning 1 kilogrammi naviga qarab 6 000 – 27 000 so‘m oralig‘ida sotilgan.

Mavzuga oid
Top