14:42 / 14.01.2023
10520

AQSh: Eron va Shimoliy Koreya Rossiyaga qurol yetkazib berishni rejalashtiryapti

Eron va Shimoliy Koreya Rossiyaga bundan keyin ham qurol yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida AQShning jahon tashkilotidagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild ma’lum qildi. 

Foto: skynews

Vashington Tehron Rossiyaga yuzlab ballistik raketalarni topshirishni ko‘rib chiqayotganidan xabardor, dedi u. 

Tomas-Grinfild tinchlik tarafdorlari bo‘lgan barchani Eron va Shimoliy Koreyadan Moskvaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni, Rossiyadan esa urushni to‘xtatishni talab qilishga chaqirdi.

Ukrainadagi urush fonida NATO va YeI hamkorligini chuqurlashtirmoqda va Kiyevga harbiy yordamni oshirishga tayyorlanmoqda. Fon der Lyayyen urushda Rossiyaga ko‘rsatgan yordami uchun Belarusga qarshi yangi sanksiyalarni va’da qildi.

10 yanvar, seshanba kuni NATO va Yevropa Ittifoqi hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bunday kelishuv Yevropa qit’asidagi urush fonida birinchi marta tuzilmoqda. 

«Putin bir necha kun ichida Ukrainani qo‘lga kiritib, bizni bo‘lmoqchi bo‘ldi. Ikkala masala bo‘yicha ham u aniq muvaffaqiyatsizlikka uchradi», - dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg deklaratsiyani imzolaganidan keyin Bryusselda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top