10:59 / 14.01.2023
5547

Migrantlar pensiyasi qanday rasmiylashtirilishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston migrantlarning pensiyasi qanday rasmiylashtirilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

"Davlat xizmatlari yangiliklari" kanaliga ko‘ra, xorijda ishlangan davrlar ayrim shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi.

Ular:

  • 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun - O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
  • 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda.

O‘zbekiston fuqarolarining yollanma (bitim) asosda xorijda ishlaganligi hukumat tomonidan vakolat berilgan organlar mehnat daftarchasiga kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.

Top