19:18 / 16.01.2023
4554

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi katta miqdordagi psixotrop moddalar partiyasi bilan qo‘lga olindi

Almati shahrida O‘zbekiston fuqarosi psixotrop moddalarning 81 ta o‘ramasi bilan qo‘lga olindi.

Foto: polisia.kz

Qozog‘istonning Almati shahrida O‘zbekiston fuqarosi sintetik giyohvand moddasining 81 ta o‘ramasi bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Almati shahri IIB xabar berdi.

«Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishda gumon etilib, 2000 yilda tug‘ilgan M. hibsga olindi. Uning yonidan o‘ziga xos hidga ega bo‘lgan oq kukunli moddaning 81 ta o‘ramasi topildi. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu ashyo tarqatilishi taqiqlangan psixotrop moddadir. Hozirda zarur tergov harakatlari olib borilmoqda, uning natijalariga ko‘ra protsessual qaror qabul qilinadi», dedi Almati shahri, Auyezov tumani politsiya boshqarmasi boshlig‘i Ulan Abulxayr.

Tergov jarayonida gumondor vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 297-moddasi 3-qismi 1-, 3-bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top