13:44 / 17.01.2023
10869

Dunyo aholisi sonining o‘sishi sekinlashmoqda

O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2022 yilda 753,6 ming kishiga ko‘paygan. 

Foto: Getty Images

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda doimiy aholi sonining yillik ko‘payishi sekinlashmoqda.

Qayd etilishicha, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 86 mln kishini tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilda – 84 mln kishi.

O‘z navbatida, 2019 yilda – 81 mln kishi, 2020 yilda – 76 mln kishi, 2021 yilda – 68 mln kishi.

Birlashgan millatlar tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 15 noyabr holatiga Yer yuzidagi jami aholi soni 8 034,3 mln kishini tashkil etgan.

Bunda, erkaklar – 50,5 foiz, ayollar – 49,5 foizga teng.

Mavzuga oid
Top