13:12 / 17.01.2023
9099
O‘zbekistonliklar dam olish uchun eng ko‘p qayerga borayotgani ma’lum qilindi

Turkiya va BAA o‘zbek sayohatchilari uchun eng sevimli dam olish maskaniga aylandi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar - noyabr oylari mobaynida jami 619,1 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi dam olish va hordiq chiqarish uchun xorijiy sayohatlarga chiqishgan.

Dam olish va hordiq chiqarish uchun chet elga sayohat qilishning eng katta ulushi 10 mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Bular Turkiya (220 ming kishi), BAA (99 ming), Saudiya Arabistoni (55 ming), Misr (31,7 ming), Quvayt (14,3 ming), Koreya Respublikasi (10,9 ming), AQSh (9,5 ming), Gruziya (6,8 ming), Hindiston (5,6 ming) va Germaniya (4,2 ming nafar) mamlakatlaridir.

Top