14:16 / 19.01.2023
16948

Brovaridagi halokat joyi, Donbassdagi ukrain tankchilari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 329-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kiyev oblastining Brovari shahrida vertolyot halokatga uchradi, uning bortida Ukraina IIV rahbariyati ketayotgandi. Aviahalokat bolalar bog‘chasi binosi yaqinida yuz berdi. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, ular orasida Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy, uning o‘rinbosari va yordamchisi, shuningdek vazirlik davlat kotibi bor edi.
  • Ukraina milliy politsiyasi rahbari Igor Klimenko mamlakat ichki ishlar vazirligining vaqtinchalik rahbari lavozimiga tayinlandi.
  • Volodimir Zelenskiy videoaloqa orqali Davosdagi forumda chiqish qildi. U ittifoqchilarni Ukrainaga qurol yetkazib berishda sustkashlik qilmaslikka chaqirdi.
  • Moskva, Peterburg, Krasnodar, Omsk va Yekaterinburgda Dniprodagi turar joyga raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga stixiyali memoriallar paydo bo‘lmoqda. 18 yanvarga o‘tar kechasi Moskvdagi stixiyali memorial kommunal xizmatlar tomonidan olib tashlandi, politsiya esa uning atrofidagi to‘rt kishini qo‘lga oldi.
  • Vladimir Putin mudofaa sanoati kompleksi xodimlari muddatli xizmatga chaqirilishi kechiktirilishini va’da qildi.

Kunning asosiy voqeasi. Brovarida vertolyot quladi

18 yanvar kuni Kiyev atrofidagi Brovari shahrida Ukraina favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati vertolyoti qulab tushdi. Halokat oqibatida 14 kishi vafot etdi, ular orasida — Ukraina IVV rahbari Denis Monastirskiy ham bor. Bortda bo‘lgan o‘n kishining barchasi halok bo‘lgan. Qolgan qurbonlar va jabrlanuvchilar — vertolyot qulagan joydagi bolalar bog‘chasi xodimlari va tarbiyalanuvchilaridir.

Halokat sabablari, Ukraina xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, parvoz qoidalari buzilishi, vertolyotning texnik nosozligi yoki havo kemasini yo‘q qilishga qaratilgan qasddan sodir etilgan harakat bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, Brovariyadagi avariya vaqtida qalin tuman kuzatilgan va taxmin qilinishicha, pilot qarshisidagi baland binoni vaqtida ko‘rmay qolgan va keskin ko‘tarilib, boshqaruvni yo‘qotgan.

Monastirskiyning o‘limidan keyin ichki ishlar vaziri vazifasini Ukraina Milliy politsiyasi boshlig‘i Igor Klimenko bajarib turadigan bo‘ldi.

Quyida vertolet halokatga uchragan joyda olingan suratlar.

Oleksii Chumachenko / Anado​lu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Daniel Cole / AP / Scanpix / LETA
Vertolyot halokatida vafot etganlarning jasadlari
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Qutqaruv xizmatlari xodimi vertolyot qulagan bolalar bog‘chasi hovlisida
Daniel Cole / AP / Scanpix / LETA
Vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlardan birining jasadini olib ketayotgan qutqaruvchilar
Yevhenii Zavhorodnii /Global Images Ukraine / Getty Images
Ukraina FVDX xodimi qulagan vertolyot qismini olib ketmoqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Vertolyot halokatga uchragan joyda vafot etganlar xotirasiga o‘rnatilgan memorial oldida turgan ayol
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA

Dniproda vayronalarni tozalash ishlari yakunlandi

14 yanvar kuni rossiyaliklar raketasi ko‘p qavatli turar joy binosiga kelib tushgan Dneproda qutqaruv ishlari yakunlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 45 kishi halok bo‘lgan, ularning olti nafari bolalar. Shaharda jami 120 kishi jabrlangan.

Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

Donbass shimolidagi ukrain tankchilari

Donetsk oblastida, Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotiga ko‘ra, turli yo‘nalishlarda shiddatli janglar davom etmoqda. Rossiya bo‘linmalari Baxmut hududida yurish qilishda davom etmoqda, ular bu shaharni egallash uchun 2022 yil iyulidan buyon harakat qilishmoqda. Janglar Ukraina nazoratidagi Avdeyevka shahri uchun ham olib borilmoqda, bu shahar Rossiya tomonidan bosib olingan Donetsk shahridan 13 kilometr shimolda joylashgan. Quyida ushbu hududdagi oldingi chiziqlarda jang qilayotgan ukrain harbiylari.

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top