15:08 / 19.01.2023
14102

Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lida harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi

Ayrim hududlarda transport yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni 2023 yil 17 yanvar kuni tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX Axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur bayonning 1-ilovasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr bo‘ladi.

Toshkent shahri bo‘yicha Kichik halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Endi bu yo‘llarda 70 km/soat tezlikda yurish jarimaga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda ko‘chalarning ayrim uchastkalarida tezlikni 50 km/soatgacha kamaytirish taklif qilingan edi. Bu haqda IIV xabarida hech narsa deyilmagan.

Top