13:07 / 23.01.2023
13586
ISW: Baxmutning oson taslim bo‘lishi Ukrainaga qimmatga tushardi

Agar Ukraina Rossiya qo‘shinlariga Baxmutni osongina egallashga imkon berganida, u o‘z mudofaasi uchun hozir to‘layotganidan ancha yuqori narx to‘lagan bo‘lardi. Bunday xulosa Amerika urushni o‘rganish institutining (ISW) navbatdagi sharhida keltirilgan. 

Foto: Vladyslav Smilianets / REUTERS

«Baxmutning o‘zi operativ yoki strategik ahamiyatga ega emas, ammo agar Rossiya qo‘shinlari uni nisbatan tez va osonlik bilan egallab olganida, ular Ukrainani shoshilinch ravishda kamroq qulay yerlarda mudofaa pozitsiyalarini jihozlashga majbur qiladigan hujum operatsiyalarini kengaytirishga umid qilishi mumkin edi», deb hisoblaydi ISW ekspertlari. 

Ularning ta’kidlashicha, Rossiya 2022 yilning may oyidan beri Baxmut hududiga kuchlari va texnikasini o‘tkazmoqda, biroq uning mudofaasiga jiddiy tahdid solishi mumkin bo‘lgan operatsion jihatdan muhim muvaffaqiyatlarga hali erishmagan.

Germaniya Federal razvedka xizmati (BND) Bundestag ekspertlari uchun xavfsizlik siyosati bo‘yicha yopiq hisobotida Ukraina Qurolli kuchlari Baxmut uchun janglarda katta yo‘qotishlar ko‘rgani haqida ma’lum qilgandi.

Nemis razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi har kuni shahar uchun janglarda yuzlab askarlarini yo‘qotyapti.

Shu bilan birga, BND Baxmutning Rossiya tomonidan qo‘lga olinishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi, chunki bu Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainaga yanada chuqurroq kirib borishiga imkon beradi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top