13:03 / 25.01.2023
5949

O‘zbekistonga kelgan turistlarning aksariyatini ayollar tashkil etgan

O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlarning aksariyatini ayollar tashkil etgan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonga 2022 yilda jami 5,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan ayollar – 2 647,0 ming nafar (50,6 foiz), erkaklar – 2 585,8 ming nafar (49,4 foiz).

O‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonga 5,2 million xorijlik sayohatchi tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich 2021 yil bilan solishtirganda 3,4 millionga oshgan. Biroq pandemiyadan avvalgi 2019 yil bilan qiyoslaganda 1,5 millionga kamaygan.

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh (1,5 mln kishi) Qozog‘istondan kelgan. Keyingi o‘rinlarni Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya hamda Turkiya davlatlari egalladi.

Top