13:32 / 25.01.2023
10323

WizzAir ilk bor Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Vengriyaning loukoster aviakompaniyasi Abu-Dabi – Toshkent – Abu Dabi reyslarini yo‘lga qo‘ydi. Muntazam reyslar haftasiga uch martadan amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airpors

25 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:33 da Vengriyaning WizzAir aviakompaniyasi samolyoti Toshkentga kelib qo‘ndi

Airbus A321 neo samolyoti O‘zbekistonga yangi — Abu-Dabi — Toshkent — Abu Dabi parvoz yo‘nalishini ochdi. Ekipaj va yo‘lovchilar terminalda tantanali ravishda kutib olindi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam reyslar A320/321 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu yo‘nalishdagi chiptalar narxi bir tomonga 45 dollardan boshlanadi (bagajsiz, o‘rin topilishiga qarab).

2022 yil dekabr oyidan boshlab WizzAir Samarqand aeroportiga haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

WizzAir — 2003 yilda tashkil etilgan Vengriyaning arzon narxlardagi aviakompaniyasi. 2022 yil iyul holatiga ko‘ra WizzAir aviaparki o‘rtacha yoshi 5,3 yil bo‘lgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat edi.

Top