14:22 / 31.01.2023
13525

Bahodir Yusupaliyev Sanepidxizmat raisi lavozimiga tayinlandi

Prezident qarori bilan sog‘liqni saqlash tizimiga aloqador yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Bahodir Yusupaliyev / Foto: Kun.uz

Hujjatga ko‘ra, Bahodir Yusupaliyev SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

O‘z navbatida, Anvar Alimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Bundan oldin Sog‘liqni saqlash vazirligiga so‘nggi bir yil davomida rahbarlik qilib kelgan Behzod Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan va uning o‘rnini birinchi o‘rinbosari Amrullo Inoyatov egallagandi.

Mavzuga oid
Top