Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Kecha, 30 yanvar kuni soat 08:20 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chorvoq qo‘rg‘onidagi 2 qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasining portlashi sodir bo‘lgan.
Yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida xonadon devor va shiftiga shikast yetgan.
Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgan. Portlash oqibatida 4 nafar fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minoti» xodimlari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.