O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p va eng kam bo‘lgan tumanda aholi soni farqi 40 barobarni tashkil etadi.

Foto: KUN.UZ
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi doimiy aholi soni 36 mln 24 ming 900 kishini tashkil etgan.
Aholisi eng ko‘p bo‘lgan 10 ta tuman:
- Urgut tumani - 545,7 ming kishi
- Denov tumani - 409,5 ming kishi
- Olmazor tumani - 395,0 ming kishi
- Past Darg‘om tumani - 374,9 ming kishi
- Yunusobod tumani - 366,9 ming kishi
- Shayxontohur tumani - 360,5 ming kishi
- Asaka tumani - 347,5 ming kishi
- Mirzo Ulug‘bek tumani - 323,1 ming kishi
- Shahrixon tumani - 317,2 ming kishi
- G‘ijduvon tumani - 317,1 ming kishi
Ma’lumot uchun, Chiroqchi tumani ikkiga bo‘lingunga qadar aholisi eng ko‘p tumanlar orasida 2-o‘rinda bo‘lgan. 2021 yil 1 oktyabr ma’lumotlariga ko‘ra bu tumanda 428 ming aholi yashagan.
2023 yilning 1 yanvar holatiga respublikamiz tumanlari orasida doimiy aholisi soni eng kam bo‘lgan hududlar:
- Tomdi tumani – 15,8 ming kishi
- Qorovulbozor tumani – 19,5 ming kishi
- Bo‘zatov tumani – 21,9 ming kishi
- Yangiobod tumani – 29,5 ming kishi
- Mo‘ynoq tumani – 33,4 ming kishi
- Konimex tumani – 37,3 ming kishi
- Taxtako‘pir tumani – 39 ming kishi
- Uchquduq tumani – 39,1 ming kishi
- Arnasoy tumani – 48,1 ming kishi
- Zafarobod tumani – 52,7 ming kishi