18:55 / 02.02.2023
5696
Reklama

Payme foydalanuvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablariga zamonaviy kompyuterlar sovg‘a qildi

Foto: Payme

Payme muhim hayotiy vazifalarni hal qilish uchun – Payme Mahalla platformasini yaratdi.

Payme Mahalla - bu virtual dastur maydoni bo‘lib, unda har bir foydalanuvchi hayotni biroz yaxshilash uchun ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Foto: Payme
Foto: Payme

Ishtirok etish uchun Payme ilovasida amalga oshirilgan har qanday tranzaksiyadan olinadigan to‘plangan ballar bilan hissa qo‘shish kifoya edi.

Kerakli miqdordagi ball to‘planishi bilanoq topshiriq bajarilgan deb hisoblanadi va u hayotga tatbiq etiladi.

Birinchi missiya uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktab o‘quvchilariga sifatli ta’lim olishlari uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish – chekka hududlardagi bir qancha maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlashdek oddiy, ammo muhim vazifa tanlandi. Xayriya loyihasi "ONA" jamoat fondi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Atigi 2 kun ichida ballarni yig‘ish yakunlandi va 5000 dan ortiq hissalar qo‘shildi!

Foto: Payme
Foto: Payme

Darhol kompyuterlar sotib olinib, Nukusga yuborildi. Yangi chorakdan boshlab 385 nafar maktab o‘quvchilari yangi qurilmalarda ta’lim olishlari mumkin. Kompyuterlarni topshirish jarayoni tasvirlangan foto va video hisobotni quyidagi rolikda tomosha qilishingiz mumkin.

Mahalla birovning hovlisi ham, shahar-ko‘chasi ham emas, umuman biror mahalliy joy ham emas. Mahalla - bu odamlarning o‘zaro munosabati, bir-birini taniydimi yoki yo‘qmi, bundan qat’i nazar bir-biriga nisbatan iliq va do‘stona munosabati demak.

Foto: Payme

Bundan kelib chiqadiki, biz barchamiz - o‘zbekistonliklar bir katta mahallaning bir bo‘lagimiz, demak, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashga, bor kuchimiz bilan yordam berishga tayyormiz.

Foto: Payme

Aynan shuni Payme foydalanuvchilari yaqqol isbotladilar.

Payme har bir ishtirokchiga minnatdorchilik bildirdi va ularning ismlarini maxsus saytda keltirib o‘tdi.

Atrofdagi dunyoni biroz yaxshiroq qilish - yengil.

Tez orada yangi missiya e’lon qilinadi, yangiliklarimizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Instagram | Facebook | Telegram

"ONA" jamoat fondi

Payme Mahalla. Bizning umumiy hayotiy yechimlarimiz.

Payme kompaniyasi matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida

Top