10:11 / 02.02.2023
5216

Saudiya O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritishi mumkin

O‘zbekiston Bosh konsulligida Jidda shahridagi yirik tadbirkor Muhammad Sindi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Muloqot davomida O‘zbekistonga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv chog‘ida Saudiya vakili O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va tashqi savdoni rivojlantirishga yo‘naltirilgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan biznes qulayliklari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Tadbirkor mamlakatda tibbiyot jihozlari, avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarish va pomidorni qayta ishlash bo‘yicha loyihalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya kiritishi mumkinligini ma’lum qildi.

Uchrashuv yakunida amaliy ishlarni boshlash maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari bilan muloqotni tashkil etishga kelishib olindi.

Top