08:41 / 15.02.2023
10976

Qirg‘izistonda 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, 15 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:24 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 40,3 gradus shimoliy kenglik; 72,82 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4. Chuqurlik 20 km. Zilzila episentri Toshkentdan 322 km janubiy-sharqda.

Joriy yilning 10 fevral kuni Afg‘oniston va Qirg‘izistonda 4,2 hamda 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top