07:50 / 25.02.2023
13950

Shoir Oshiq Erkin vafot etdi

Taniqli shoir Oshiq Erkin 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir Oshiq Erkin — Erkin Madrahimov 86 yoshida hayotdan ko‘z yumgan.

Oshiq Erkin (Erkin Madrahimov) 1937 yil 7 mayda Xivada tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan.

Oshiq Erkinning 30 ga yaqin badiiy va publitsistik kitoblari nashr etilgan. Jumladan, “Iqbol”, “Ohular”, “Yilga tatigan bir tong”, ”Yolg‘onning umri qisqa”, “Po‘lat va uning bobosi”, “Tillaqush”, “Mehring tushdi yurakka”, “Azim daryo”, “O‘lguncha sizni derman”, “Ishqing tushdi yurakka”, “ Mujgoningga sallamno” kabi kitoblari she’riyat ixlosmandlariga yaxshi tanish. 

Oshiq Erkin “Shuhrat” medali hamda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.

Mavzuga oid
Top