08:55 / 02.03.2023
5864
Reklama

“Durable Beton” barcha turdagi mustahkam beton mahsulotlarini namoyish etmoqda

Foto: Durable Beton

28 fevral – 3 mart kunlari Toshkentda UzBuild 2023 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Durable Beton kompaniyasi ko‘rgazmada o‘z pavilonini yaratdi.

28 fevral kuni O‘zekspomarkazda UzBuild 2023 xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Qurilish va obodonlashtirish sohasida yetakchi ko‘rgazmada Durable Beton mahsulotlari namoyish etilgan pavilon eng gavjum maydonlardan biri bo‘ldi. Durable Beton kompaniyasi har yili o‘tkaziladigan bu ko‘rgazmada “Durable Stone”, “Durable JBI” va “Durable Beton” brendlari ostida yangi mahsulotlarni namoyish etadi.

“Durable Beton” brendi bilan qurilishingiz yanada mustahkam bo‘ladi

Bino va inshootlar mustahkamligini ta’minlovchi ishonchli qurilish materiallari hisoblanadi. Xalqaro standartlar asosida tayyorlanadigan beton mahsulotlarini sizga aynan “Durable Beton” taqdim etadi. Katta assortimentdagi beton turlari yirik zavodlar, ko‘p qavatli uylar, turli inshootlar qurilishida poydevordan tortib beton qoplamalar istalgan hajmda yetkazib beriladi. Uydan turib beton mahsulotlariga buyurtma berganda kelayotgan buyurtmaning qay holatda va qayerda kelayotganini onlayn kuzatish imkoniyati bor. Agar siz 100 m³ hajmda beton mahsulotlari xarid qilsangiz kompaniya texnikalardan bepul foydalanish imkoniyatini ham taqdim etadi. Bular – beton qorishmalar tayyorlash uskunalari, ko‘p qavatli binolarning yuqori qavatlari uchun 56 metrgacha balandlikdagi beton ishlarini bajaruvchi nasos mashinalari bo‘lishi mumkin.

50 tonnagacha yuk ko‘taruvchi bruschatkalar

 

Mahsulotlar orasida 40dan ortiq turli hajm, shakl va o‘lchamda, 4 smdan 10 smgacha qalinlikdagi bruschatkalar mavjud. Hovli uylar uchun alohida, katta yuk avtomobillari o‘tadigan maydonlar uchun alohida tayyorlanadigan bruschatkalarning yirik katalogi “Durable Stone”da o‘ziga xos dizayn bilan birga taqdim etiladi. 10 sm qalinlikdagi bruschatkalar 50 tonnagacha yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan. Anomal sovuq haroratda ham sirpanchiq bo‘lmaydi. Ular yerga nafas olish imkoniyatini beradi, ya’ni havo o‘tkazuvchanlik effektiga ega. F200 talabiga javob beradi 

Mustahkamlovchi mahsulotlar ishlab chiqarish

“Durable Beton” bu ko‘rgazmada beton mahsulotlarini mustahkamlovchi kimyoviy qo‘shimcha vositalarining taqdimotini o‘tkazdi.

Beton tarkibidagi bu kimyoviy qo‘shimcha asosiy element hisoblanadi. Beton mahsulotlariga ishlov berishda ushbu kimyoviy qo‘shimchalar beton sifatining xalqaro standart darajasini ta’minlaydi, sovuqqa chidamliligini oshiradi, ya’ni -30 gradus haroratda ham beton sifati buzilmaydi. Namlik o‘tkazmaydi, turli ob-havo sharoitida ham mahsulotning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Binolarning zilzilabardoshligini, ko‘p yillar xizmat qilishini kafolatlash maqsadida foydalaniladigan bu qo‘shimchalarning istalgan turini topish mumkin.

Durable Beton mahsulotlari katalogi bilan tanishish va darhol buyurtma berish yoki mutaxassisdan maslahat olish uchun kompaniya saytini kuzating. Shuningdek, 3 martga qadar davom etadigan UzBuild 2023 xalqaro ko‘rgazmasida kompaniya faoliyati bilan tanishish mumkin.

Koll-markaz: +998 95 485 55 55

Manzil: A. Qodiriy ko‘chasi, Xadra mavzesi, 24-uy.

E-mail: info@durablebeton.uz

Sayt: durablebeton.uz

Reklama

Top