5–10 mart kunlari respublikada beqaror ob-havo bo‘lishi kutilyapti. «O‘zgidromet» bosh direktori o‘zining «Feysbuk»dagi sahifasida bu to‘g‘rida xabar qoldirdi.

Foto: Kun.uz
4 va 7 mart kunlari havo haroratining keskin isishi ortidan 5–6 va 8–10 mart kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir, ba’zi hududlarida kuchli bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
5–7 mart kunlari Jizzax va Navoiyda, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikami va Qashqadaryo viloyatida kuchli shamol esishi joylarda chang to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Shamol kuchayganda 22–25 metr/soniyaga yetadi.
5–6 va 8–10 mart kunlari tog‘li va tog‘oldi hududlarida yog‘inlar hisobiga sel-suv toshqin xavfi e’lon qilinmoqda.