00:30 / 03.03.2023
7857

Qo‘shma Shtatlarda COVID-19 kelib chiqishi haqidagi savolga aniq javob yo‘q - Blinken 

AQSh Davlat kotibi koronavirusning kelib chiqishi haqida aniq isbotlangan dalillar yo‘qligini aytdi.

Foto: Reuters

Qo‘shma Shtatlardagi turli departamentlar vakillari COVID-19 koronavirusining kelib chiqishi haqida turli taxminlarni bildirmoqda, biroq tomonlarning hech biri haligacha hal qiluvchi dalillarga ega emas. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken yo

«Keng miqyosdagi tadqiqotlardan so‘ng, ba’zi idoralarimiz koronavirus Uhandagi laboratoriyadan sizib chiqishi natijasida paydo bo‘lgan deb hisoblamoqda. Boshqalar esa, Uhandagi bozorda paydo bo‘lgani ehtimoli kattaroq deb hisoblayapti. Idoralarning hech biri qaysi talqin aniq ekanini ayta olmaydi», dedi u.

«Biz aniq bilmaymiz, lekin buning laboratoriyada sodir bo‘lgani ehtimoli katta va bu juda real talqin... lekin yakuniy emas», dedi Blinken.

Avvalroq The Wall Street Journal nashri AQSh Energetika vazirligi mutaxassislari COVID-19 koronavirusi Xitoydagi laboratoriyadan sizib chiqishi tufayli tarqalgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelgani haqida yozgan edi. Vazirlik yangi razvedka ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, shunday xulosaga keldi. FQB ham 2021 yilda o‘z manbalaridan foydalangan holda xuddi shunday xulosaga kelgan.

Biroq, nashr yozganidek, AQSh rasmiylarida bu masala bo‘yicha haligacha yakdillik yo‘q. To‘rtta davlat idorasi, shuningdek, maxsus tuzilgan razvedka mutaxassislari guruhi hali ham virusning tabiiy kelib chiqishi nazariyasiga moyil. AQShning yana ikkita departamenti hali aniq bir xulosaga kelmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top