15:49 / 22.03.2023
17413

Baxmut uchun janglar, Donbassdan evakuatsiya. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 391-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Si Jinping va Vladimir Putin Kremlda muzokaralar o‘tkazishdi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Rossiya va Xitoy rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikki hujjat imzolashdi — iqtisodiy hamkorlik rejalari to‘g‘risida va hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida bayonotlar.
  • «Memorial» inson huquqlari markazi rahbari Oleg Orlovga Rossiya armiyasini takroran «obro‘sizlantirish» bo‘yicha jinoiy ish ochildi — bu uning xodimlari va tashkilotning Moskvadagi ofisida o‘tkazilgan tintuvdan keyin ro‘y berdi.
  • Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Ukrainaga tashrifi vaqtida mamlakat infratuzilmalarini tiklash va hujumkor bo‘lmagan qurollar uchun 500 million dollar ajratilishini e’lon qildi.
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rossiyalik bloger Artemiy Lebedevni urushni oqlashda aybladi.
  • The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, urushning bir yili davomida Xitoy kompaniyalari Rossiyaga 12 million dollarlik dronlar va ular uchun butlovchi qismlar sotgan.
  • Buyuk Britaniya Ukrainaga boyitilmagan uranli snaryadlarini yetkazib berishini e’lon qildi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurollar yetkazib berilgan taqdirda Moskva «yadroviy komponentli qurol» qo‘llanishiga «javob qaytarish»ga majbur bo‘ladi. 

Mariupoldagi drama teatri

Mariupoldagi drama teatri keng ko‘lamli urush ramzlaridan biriga aylangan. Rossiya qo‘shini bu binoga 2022 yil 16 martida zarba bergandi — bu vaqtda teatrda mingga yaqin tinch aholi vakillari, jumladan ayollar va bolalar boshpana topgan, uning oldidagi maydonga esa katta qilib «Deti» (Bolalar) yozuvi bitilgandi. Mariupol shahar kengashi shu kuni qariyb 300 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lganini xabar qilgan. Associated Press agentligi o‘z hisob-kitoblariga tayangan holda qurbonlar soni 600 nafargacha bo‘lishi mumkinligini yozgan. Amnesty International hujum oqibatida 12 kishining o‘limi tasdiqlangani, «haqiqiy raqamlar katta ehtimol bilan bundan kattaligi»ni ma’lum qilgan. 2022 yil dekabr oyi oxirida Mariupol meri maslahatchisi Petro Andryushchenko rossiyaliklar teatr binosini snos qilishganini xabar qildi. Quyidagi suratda bu joy hozirda qanday ko‘rinishi aks etgan.

Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA

Baxmut uchun jang

21 mart kuni Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Oleksandr Sirskiy Rossiya qo‘shini Baxmut chekkalaridan shahar markaziga kirib kelishga urinayotganini xabar qildi. Ammo ukrain harbiylari mudofaani ushlab turishda davom etmoqda. Sirskiyning so‘zlariga ko‘ra, Donetsk oblastida butun front chizig‘i bo‘ylab shiddatli janglar davom etmoqda. Rossiya tomoni Baxmut yo‘nalishidagi vaziyat bo‘yicha izoh bermagan. 

Baxmut atrofidagi front chizig‘ida turgan ukrain harbiylari
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmutdan 13 kilometr g‘arbda joylashgan Chasiv Yar aholisi vakili rossiyaliklar raketasidan vayron bo‘lgan uyi oldida.
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Chasiv Yar atrofidagi yo‘lda ketayotgan ukrain harbiylari
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari D-30 gaubitsasidan rossiyaliklar pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda
Sergey Shestak / AFP / Scanpix / LETA

Rossiya yurishi fonida Donbassdan evakuatsiya 

Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati (FVDX) xodimi Artur Spitsin 74 yoshli Vasiliy Kurlishchukni Chasiv Yar atrofidagi Kalinovka qishlog‘idan evakuatsiya bo‘lishga ko‘ndirmoqda.
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Artur Spitsin Vasiliy Kurlishchukka evakuatsiya oldidan buyumlarini yig‘ishda ko‘maklashmoqda
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina FVDX xodimlari Chasiv Yarda yashovchi 74 yoshli Valeriy Zolotovni evakuatsiya transportiga olib ketmoqda
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA
FVDX avtomobili Kalinovka qishlog‘idan ketmoqda. Ufqda yong‘in tufayli hosil bo‘lgan tutun ustuni ko‘rinadi
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA

Halok bo‘lgan askarlarni xotirlayotgan Zelenskiy

 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2022 yil mart oyi boshida Kiyev oblastining Moshchun qishlog‘i uchun janglarda halok bo‘lgan ukrain jangchilari xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik oldida. Zelenskiyning fikricha, bu «zamonaviy Ukraina tarixida hal qiluvchi pallalardan biri bo‘lgan». U ukrain harbiylari bu yerda ikki haftadan ortiq vaqt davomida dushman yurishini to‘xtatib turganini qayd etgan. RF armiyasi, BBC hisoblariga ko‘ra, bu qishloqda kamida 20 nafar dengiz piyodasidan ayrilgan. «Radio Svoboda»ga ko‘ra, qishloq uchun janglar vaqtida kamida yuz nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. Rossiya ham, Ukraina ham o‘z yo‘qotishlari to‘g‘risida rasmiy ma’lumot bermagan. Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top