19:21 / 04.04.2023
16290

Ozarboyjon prezidenti birinchi turk elektromobilini qabul qilib oldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu elektromobil O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham sovg‘a qilinishini aytgan edi.

Foto: AP

4 aprel kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga Turkiyada ishlab chiqarilgan elektromobil – Togg sovg‘a qilindi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Togg elektromobili Ilhom Aliyevga sovg‘a qilinishini aytgan edi.

«Mening birodarim Ilhom Aliyev ham Turkiyaning faxri – Togg elektromobilini qabul qilib oldi. Birodarimga yaxshi kunlarida mashinadan foydalanishini tilayman», deb yozdi Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqda.

3 aprel kuni Togg T10X seriyali birinchi elektromobil Turkiya rahbariga topshirilgan edi.

Shundan so‘ng, Erdo‘g‘an ushbu elektromobil Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevga va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham sovg‘a qilinishini aytgan edi.

Top