10:37 / 14.04.2023
13573
Reklama

“O‘zbekinvest” kompaniyasi “O‘zbekinvestdan suyunchi -2” aksiyasi g‘oliblariga sovg‘alarni topshirdi.

Joriy yilning 5 aprel kuni “O‘zbekinvest” kompaniyasining Toshkent shahar filialida “O‘zbekinvestdan suyunchi” keng ko‘lamli aksiyasining ikkinchi mavsumi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekinvest

“O‘zbekinvest” kompaniyasida sug‘urta polislarini rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aksiya ishtirokchilariga aylandi. Sovrin jamg‘armasi Chevrolet Gentra avtomobili, 3 ta AUX konditsioneri, 3 ta Samsung muzlatgichi, 3 ta Samsung Smart TV televizori, 2 ta iPhone 13 Pro smartfoni ko‘rinishidagi qimmatbaho sovg‘alardan iborat bo‘ldi.

Qoraqalpog‘istonlik Qosimov Ayapbergen bosh sovrin – Chevrolet Gentra avtomobili sohibi bo‘ldi.

– Men “O‘zbekinvestdan suyunchi” aksiyasi g‘olibi bo‘ldim. Unutilmas quvonchli tuyg‘ularni oilam bilan baham ko‘rish uchun bugun ular bilan birgalikda keldim. Shunday ulug‘ kunlarda bizlarga shodlik ulashgani uchun “O‘zbekinvest” kompaniyasiga o‘z minnatdorchiligimni biliraman. Sizlarga doimo omad hamroh bo‘lsin”, - deya izoh berdi bosh sovrin egasi.

G‘oliblarga sovg‘alarni “O‘zbekinvest” kompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari A.Asatullayev topshirdi va u tadbirning barcha ishtirokchilarini qutlar ekan, kompaniya mijozlariga o‘z mulkini ishonchli himoyasi sifatida “O‘zbekinvest”ga ko‘rsatilayotgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ axborot xizmati

Top