09:51 / 05.05.2023
7180

Ekspert: Kiyev Kremlga dronlar bilan hujum qilish haqida buyruq bermagan 

Xalqaro aloqalar bo‘yicha Yevropa kengashining mudofaa siyosati ekspertiga ko‘ra, Kiyev Kremlga uchuvchisiz samolyot bilan hujum qilish haqida buyruq bermagan.

Videodan kadr

Ukraina rasmiylari Kremlga uchuvchisiz uchoq hujumiga buyruq bergan bo‘lishi dargumon. Bu haqda 4 may, payshanba kuni Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida Yevropa tashqi aloqalar kengashining mudofaa siyosati va harbiy texnologiyalar bo‘yicha eksperti Ulrike Franke aytib o‘tdi.

Franke Qrim ko‘prigi va Rossiya hududidagi turli obektlarga qilingan hujumni eslab: "Bu turdagi hujum Ukraina haqiqatda amalga oshirgan Rossiya hududidagi boshqa hujumlardan juda farq qiladi", dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining Rossiya hududiga bergan barcha zarbalari “aniq harbiy nishonlarga qaratilgan”, shuning uchun Franke Ukrainaning Kremlga hujumni inkor etishini ishonchli deb hisoblaydi.

Mutaxassis, shuningdek, Rossiyada mavjud bo‘lgan Rossiya yoki Ukraina kuchlarining zarbaga aloqador bo‘lishi mumkinligini istisno qilmadi, chunki dron unchalik katta emas va sezilarli masofani bosib o‘ta olmaydi. “Ehtimol, u Ukrainadan uchib kelmagan, balki yaqinroq joydan uchirilgan”, dedi Franke.

Mutaxassis, shuningdek, Ukraina "Monobank"i asoschisi Vladimir Yatsenkoning 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan paradda uchuvchisiz uchog‘i Moskvadagi Qizil maydonga qo‘nadigan har bir kishiga 500 ming dollar to‘lash va’dasini esladi. "Balki bu birinchi testdir", deb taxmin qildi Franke.

3 mayga o‘tar kechasi Rossiya prezidentining Kremldagi qarorgohi joylashgan Senat saroyi gumbazi ustida ikkita uchuvchisiz uchish apparati portlab ketdi. Rossiya rasmiylari voqeada Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi. Kreml matbuot xizmati hujumni "rejalashtirilgan terrorchilik harakati va prezidentga suiqasd" sifatida baholashini aytdi. Rasmiy Kiyev hujumga aloqadorligini rad etdi.

Mavzu
Kremlga dronlar hujumi
May oyida ukrain dronlari Kremlgacha yetib bordi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top