11:37 / 05.05.2023
7292

Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Samarqandda qizil chiroqda harakatlangan haydovchi YTH sodir etgan va boshqa haydovchining vafot etishiga sabab bo‘lgan.

Videodan kadr

Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 18 aprel kuni soat 04:10 larda sodir bo‘lgan.

Haydovchilardan biri Nexia-3 bilan Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek va Abdurahmon Jomiy ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada qizil chiroqda o‘tgan va chap tarafdan harakatlanib kelayotgan Nexia-3 mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-2 mashinasi haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchisi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan haydovchi vafot etgan.

Mavzuga oid
Top