10:26 / 23.05.2023
5006

Finlandiyaning Gasum kompaniyasi "Gazprom" bilan shartnomani bekor qildi

Gasum va Gazprom Export shirkati gaz uchun to‘lovni rublda to‘lash talabi bo‘yicha kelishmovchilikni sud orqali hal qilmoqchi bo‘ldi, biroq ular murosaga kela olishmadi.

Foto: Gasum

Finlandiyaning Gasum kompaniyasi Gazprom Export bilan gaz quvuri orqali tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomani bekor qildi. Bu haqda 22 may, dushanba kuni chop etilgan Gasum matbuot-relizida ma’lumot berilgan.

Hujjatda ta’kidlanishicha, 2022 yil aprel oyida Gazprom Export finlandiyalik mijozidan gaz uchun to‘lovni shartnomada ko‘rsatilganidek yevroda emas, rublda to‘lashni talab qilgan. Gasum bu talabni bajarishdan bosh tortdi. Bundan tashqari, u Gazprom Export bilan kelishuvga bog‘liq boshqa talablar bo‘yicha ham kelishmovchiliklarga uchragan, deyiladi xabarda. Shu sabablarga ko‘ra Finlandiya tomoni Stokholm arbitraj sudiga murojaat qilgan.

2022 yil noyabr oyida sud Gasum'ning ko‘k yonilg‘i uchun rublda to‘lashi shart emasligi haqida qaror chiqardi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning “do‘st bo‘lmagan” davlatlar uchun Rossiya gazi uchun to‘lovni rublga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoni fors-major holati deb tan olindi.

Shu bilan birga, arbitraj sudi Finlandiya kompaniyasiga Gazprom Export'ga yetkazib berilgan gaz uchun, garchi tanlanmagan bo‘lsa ham (take or pay shartnomasi), qarzi bo‘yicha 300 million yevro to‘lashni buyurdi. Shuningdek, arbitraj nizo tomonlariga murosa topish uchun shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni tavsiya qildi.

Mavzuga oid
Top