09:55 / 01.06.2023
6607

Norvegiya tashqi ishlar vaziri: Ukrainaning NATOga qo‘shilishi - vaqt masalasi

Ukraina uchun alyans ochiq eshiklar siyosatiga amal qilishda davom etayotganini aytish muhim. Gap Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi qachon va qanday sodir bo‘lishida, dedi Anniken Xyuitfeldt DW nashriga bergan intervyusida.

Foto: AP

Norvegiya tashqi ishlar vaziri Anniken Xyuitfeldt Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatladi va NATO davlatlari iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammit arafasida Ukrainaning ittifoqqa qo‘shilishi masalasida umumiy fikrni kelishib olishlari zarurligini ta’kidladi. "Menimcha, Ukrainaga bizda hali ham ochiq eshiklar siyosati borligini aytish juda muhim. Gap - Ukraina NATOga a’zo bo‘lishida emas, balki bu qachon va qanday sodir bo‘lishida", - dedi u 31 may, juma kuni DW'ga bergan intervyusida.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, ushbu mavzu shu hafta Norvegiyada NATO tashqi ishlar vazirlarining norasmiy yig‘ilishida ham muhokama qilinadi.

Kiyev tomonidan e’lon qilingan keng miqyosli qarshi hujum istiqbollari haqidagi savolga Xyuitfeldt bu Ukrainadagi urushda burilish nuqtasi bo‘ladi, degan ortiqcha umidlardan ogohlantirdi. "Bunday qarshi hujumning oqibatlarini ortiqcha baholamasligimiz kerak. Bu juda va juda qiyin bo‘lishiga ishonaman. Lekin biz Ukrainaga qo‘limizdan kelganicha yordam beramiz", deb ta’kidladi vazir.

Xyuitfeldt Norvegiya Kiyevga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish borasida hali qaror qilmaganini, biroq ukrainalik uchuvchilarni o‘qitishini aytdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top