10:43 / 03.06.2023
6888

Kiyev: Rossiya qo‘shinlari olib chiqib ketilgandan keyingina muzokara o‘tkazish mumkin

Tinchlik muzokaralari Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududidan to‘liq olib chiqib ketilganidan keyingina o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi vakili Oleg Nikolenko Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumining oldini olishga chaqirig‘ini izohlab, ma’lum qildi. 

Foto: kievcity.gov.ua

"Ukraina tomoni o‘z pozitsiyasini aniq bayon qildi: tinchlik muzokaralari faqat Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududidan to‘liq olib chiqib ketilganidan keyingina mumkin bo‘ladi. Bu shart bajarilmagan holda o‘t ochishni to‘xtatish status-kvoni muzlatib qo‘yadi, Rossiyaga qayta to‘planish, kuch to‘plash imkonini beradi. 2014-2022-yillarning isbotlangan tajribasi. Bundan tashqari, Rossiyaning Ukraina shaharlariga har kungi raketa va dron hujumlari Moskva urushni davom ettirishdan boshqa ssenariylarni o‘ylamasligini isbotlaydi”, — deb yozdi Nikolenko Facebook’dagi sahifasida. 

Tinchlikni yaqinlashtirish uchun Nikolenko Orbanga "harakat qilishni boshlashni", masalan, "Rossiya agressiyasini qoralashni, Moskvadan urushni to‘xtatishni va armiyani Rossiya hududiga qaytarishni talab qilishni, Rossiyani izolyatsiya qilish bo‘yicha xalqaro choralarga qo‘shilishni" maslahat berdi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top